Unga koʻra:

  • jismoniy shaxslar qiymati 100 million soʻmgacha boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, 100 million soʻm va undan ortiq boʻlganlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishi mumkin.

Ilgari: qiymati 5 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilgan.

Shuningdek, Hukumat qarori (283-son, 14.05.2020-y.) bilan tasdiqlangan nizomga kiritilgan koʻshimchaga koʻra:

zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YATTlarga zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda maʼlumotlarni TSOYAEATga kiritmasdan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat beriladi.