Prezident Shavkat Mirziyoyev:

"Topshirigʻimga koʻra, ikki oy davomida joylarga chiqib, sohadagi haqiqiy ahvol, ham aholini, ham shifokorlarni qiynayotgan muammolar oʻrganildi.

Haqiqatdan ham, kasalliklarning oldini olish borasida birlamchi boʻgʻinda hali qilinadigan ishlar koʻp. 

Misol uchun, soʻnggi besh yilda endokrin kasalliklari 20 foizga ortib, ayniqsa, yoshlar orasida koʻpaymoqda.

Endokrin kasalliklarining ogʻir oqibatlari asosan Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda.

Endokrin kasalliklarini birlamchi boʻgʻinda erta aniqlash uchun murakkab uskunalar xarid qilish shart emas. 

Buning uchun laboratoriyalarni jihozlash, zarur reaktivlar bilan taʼminlash va nafaqat endokrinolog, balki oilaviy shifokorlarni ham tayyorlash katta samara beradi".