Bu haqda Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi maʼlumot bermoqda.
Kofein bolalarning rivojlanmagan asab va yurak-qon tomir tizimlariga tuzatib boʻlmaydigan zarar yetkazishi mumkin. Uyqu muammolari, ovqat hazm qilish tizimining buzilishi va suvsizlanish hollari yuzaga kelishi ehtimoli ortadi.
Tarkibida kofein koʻp boʻlgan energetik ichimlik oʻsmirlarda uyqusizlik, asabiylik va xavotirlarni koʻpaytiradi.
Bitta idishdagi energetik ichimlik 54 -62 gramm qoʻshilgan shakardan iborat boʻladi. Bu esa shakarning kunlik meʼyoridan koʻp deganidir. Holat takrorlanaversa, semirish va diabetga olib keladi.