Oʻzbekistonda yana bir oliy taʼlim muassasasi — Energetika instituti tashkil etilishi rejalashtirilyapti.
Bu haqda Energetika vaziri “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Vazirning qayd etishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan elektr energetikasini 2025-2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda sohada kadrlar tayyorlashni rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Sifatli ishlarni tashkil qilishda kadrlar masalasida alohida dastur qilinadi. Energetika vazirligi qoshida Energetika institutini tashkil etiladi.
Bu har bir viloyatda filiallariga ega energetika taʼlim muassasasi boʻladi Unda energetika yoʻnalishi boʻyicha zamonaviy yoʻnalishdagi kasblar oʻqitiladi. Energetika moliyasi, bozori, uning taqsimlanishi, generatsiya turlari, yangicha turdagi energetika saqlash tizimi boʻyicha mutaxassislar yetishtiriladi.