Hududlardagi podstansiyalar va transformator punktlaridagi kontaktlar va boltli birikmalarida paydo boʻlayotgan qizishlarni aniqlash boʻyicha teplovizor koʻriklari amalga oshirilmoqda.
Unga koʻra 112 ta podstansiyadagi elektr qurilmalarning 356 tasida meyoridan ortiq qizish holatlari aniqlandi.
Energetika obyektlaridagi masʼul shaxslar tomonidan kontakt birikmalardagi qizishlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrilmayotganligi oqibatida avariyaviy oʻchishlarga, uskunalarni shikastlanishiga va oʻz navbatida elektr taʼminoti buzilgan isteʼmolchilarni oʻrinli eʼtirozlariga sabab boʻluvchi holatlar yuzaga kelmoqda.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari boʻyicha maʼlumotnomalar rasmiylashtirilib, Inspeksiya tomonidan tizim korxonalariga tegishli koʻrsatmalar berildi va uning bajarilishi nazoratga olindi.