Yosh boʻlishiga qaramay, “kelajakda energetik boʻlaman”, deya orzu qilayotgan shijoatli bolaning maqsadi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevni toʻlqinlantirib yubordi. Shundan soʻng, davlatimiz rahbari Energetika vazirligiga Timurbekka prezident sovgʻasini topshirish boʻyicha tegishli topshiriq bergan edi.
30-avgust kuni Energetika vaziri Alisher Sultanov boʻlajak energetikka tantanali ravishda prezident sovgʻasini, shuningdek, energiya tejash va tabiiy resurslar qanchalik qimmatli qazib olinishi haqida bolalar uchun chop etilgan kitobni topshirdi, unga katta muvaffaqiyatlar tiladideb xabar bermoqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati.