Energetika vazirligi binosining koʻcha chiroqlari toʻliq quyosh panellari orqali yoritilmoqda

    Chiroqlar sensor tizimli boʻlib, qorongʻu tushishi bilan yonib, tongda avtomatik tarzda oʻchadi.

    Buning uchun barcha elektr qurilmalarga quyosh panellari va energiya saqlash batareyalari oʻrnatildi. Endilikda koʻcha chiroqlari va yoritish bezaklari elektr tarmoqlari tizimidan toʻliq uzilgan holda quyosh panellari orqali yoritilmoqda.

    Chiroqlar sensor tizimli boʻlib, qorongʻu tushishi bilan yonib, tongda avtomatik tarzda oʻchadi.

    Shuningdek, yaqin kunlarda vazirlik binosining tom qismiga quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.