«NOMAC» – bu «ACWA Power» kompaniyasi tasarrufidagi issiqlik, shamol va quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va monitoring qilish bo‘yicha tizim kompaniyasi hisoblanadi.
Kompaniya elektr stansiyalar va ulardagi asosiy hamda yordamchi uskunalardan foydalanish, ularning texnik holatini tahlil etish, yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni aniqlash, buning vositasida avariyalarni oldini olish ishlarini olib boradi.
Yuqori darajada raqamlashtirilgan ushbu tizim, favqulodda holatlar va avariyalarni oldini olishi natijasida iste'molchilarga barqaror elektr energiyasini uzatish hamda katta miqdordagi xarajatlarni iqtisod qilish imkoniyatini beradi.
Tashrif chog‘ida ushbu yuqori samarador va zamonaviy texnologiyalarni O‘zbekiston energotizimida joriy etish, ularni yurtimizga olib kirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.