Energetika vazirligi “Mangold Consulting” bilan muzokaralar oʻtkazdi

    Energetika 25 Oktabr 2021 1100

    Joriy yil 23-oktyabrda Oʻzbekiston Energetika vazirligi faoliyat sohasi biznes-konsalting boʻlgan Germaniyaning “Mangold Consulting GmbH” kompaniyasi bilan investorlarni yangi sanoat loyihalariga jalb etish masalasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.

    Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari Azim Axmedxadjayev va “Mangold Consulting” kompaniyasi boshqaruv Kengashi raisi Klaus Mangold energetika sohasidagi Oʻzbekiston – Germaniya hamkorligining muvaffaqiyatli tajribasi taqdim etilib, bunday hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Xususan, bu kabi misollarga Germaniyaning yetakchi “Siemens AG” kompaniyasi bilan hamkorlik loyihalari, “Oʻzbekneftgaz” AJni investitsiyaviy-jozibador va moliyaviy jihatdan mustaqil kompaniyaga aylantirish boʻyicha “Rothschild & Co” bilan hamkorlikda ishlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi gaz transport tizimini modernizatsiyalash dasturini uzoq muddatli moliyalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish kiradi.

    Shuningdek, uchrashuv davomida Klaus Mangoldga yaqin kelajakda Germaniyaning “DENA” energetika agentligi bilan memorandum imzolanishi rejalashtirilayotgani maʼlum qilindi.

    Tomonlar “Mangold Consulting GmbH” kompaniyasining potensial nemis investorlarini Oʻzbekiston Respublikasida gaz kimyosi sohasida sanoat klasterini yaratish loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishga jalb qilishda yordam berish imkoniyatlarini muhokama qildilar, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.