Bugun, 14-dekabr kuni Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatning Energetika xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama qilindi.
Yigʻilishda, prokuratura, bojxona qoʻmitasi, ichki ishlar, energetika, favqulodda vaziyatlar, suv xoʻjaligi, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari, Oʻzenergoinspeksiya, gaz, elektr taʼminoti va boshqa idoralar ishtirok etdi.
Bosh prokuratura, Energetika vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy muassasalar, yirik strategik korxonalar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzib, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda joriy yil 25-dekabrga qadar mamlakatning Energetika xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha topshirigʻi berildi.
Yigʻilish ishtirokchilarning taklif va mulohazalari eshitilib, konsepsiya loyihasini ishlab chiqishga kirishildi.