баннер
9 Apr 2025
20:16

    Energiya resurslari behuda sarflanishining oldini olish tizimi takomillashtiriladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-133-son, 01.04.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, hududlarda isteʼmolchilarni muqobil energiya resurslaridan foydalanishga oʻtkazish hamda energiya tejovchi texnologiyalarni oʻrnatish orqali 2,5 milliard kVt soat elektr energiyasini va 1,1 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilishga erishish maqsadida quyidagilar belgilandi. Jumladan:

    • isteʼmolchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish hamda qoʻshimcha 74 mingdan ortiq obyektda jami quvvati 785 MVt boʻlgan quyosh panellarini va 9 mingdan ortiq 1,2 mln litrli quyosh kollektorlarini oʻrnatish hisobiga 1,6 milliard kVt soat elektr energiyasini tejash;
    • aholisi ijtimoiy jihatdan ogʻir ahvolda boʻlgan 300 ta mahallada quvvati 100 MVtdan ortiq kichik quvvatli fotoelektr stansiyalarini barpo etish hisobiga 45 million metr kub tabiiy gazni tejash;
    • byudjet tashkilotlarida energiya tejamkor uskunalardan foydalanishni kengaytirish hisobiga 39 million metr kub tabiiy gazni tejash.

    2025-yilda “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtishni jadallashtirish doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish, isteʼmolchilarni muqobil energiyaga oʻtkazish, energiya tejamkor va samarador texnologiyalarni joriy qilish dasturi tasdiqlanadi.

    2025-yil 1-maygacha Energetika vaziriligi huzuridagi byudjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasining “Yashil imtiyoz” axborot tizimi hamkor tijorat banklarining tegishli axborot dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech