Jumladan, ilova orqali iste'molchilar energetika vazirligi va vazirlik tizimidagi barcha tashkilotlardagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib, onlayn murojaat qilishi va  savollariga tezkor javoblar, olishi mumkin.

Ilova orqali elektr energiyasi va gaz uchun onlayn to'lov tizimi, hisob-kitob holati bo'yicha shaxsiy kabinet oynasi kabi xizmatlarni amalga oshirilishi yo'lga qo'yildi.

Mazkur ilovani GooglePlay tizimi orqali telefoningizga bepul o'rnatib olishingiz mumkin.

Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Ilova ayni paytda android operatsion tizimi uchun mavjud bo'lib, yaqin kunlarda IOS (AppStore) operatsion tizimi qurilmalari uchun ham yaratiladi.