Tanlov shartlari bo‘yicha 12 mingdan ortiq materiallar yetib keldi. Albatta, tanlov g‘oliblarini aniqlash jarayonida nomzod jamoalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit ham yaqindan o‘rganilib, chuqur tahlil qilindi.
Demak, belgilangan shartlar bo‘yicha barcha talablarga javob bergan quyidagi pedagogik jamoalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin: Samarqand viloyati, Samarqand shahar 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi;
2-o‘rin: Toshkent viloyati, Angren shahar 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi;
3-o‘rin: Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi.
Tanlovda g‘olib bo‘lmagan, ammo yuborgan ishlari munosib deb topilgan boshqa jamoalarni ham navbatdagi loyihalarda ishtirok etishi mumkin.
Navbatdagi loyihada "Eng ahil pedagogik jamoa" tanlovida qatnashgan jamolarga ustuvorlik beriladi.