Eng baxtli mamlakatlar reytingi e'lon qilindi

    Bilasizmi? 21 Mart 2023 10379

    O'zbekiston unda 54-o'rinni egalladi.

    Reytingga kirgan 137 davlat orasida Finlyandiya ketma-ket 6-yil eng baxtli davlat, deb topildi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlari Daniya va Islandiyaga nasib qildi.

    Reytingda Qozog'iston 44-o'rinni, Qirg'iziston 62-o'rinni va Tojikiston 80-o'rinni egalladi. Rossiya 70-o'rinni band qildi.

    Afg'oniston va Livan eng baxtsiz davlatlar deb topildi.