eng katta kutubxonadan foydalanishni istaysizmi?

    Bilasizmi? 12 May 2020 1243

    Bugun elektron kutubxonalar ko'pchilikning hayotidan joy olib ulgurdi. Ular kitobxonlarga qulaylik yarata olishi bilan ahamiyatlidir. elektron kutubxonalardan istalgan paytda foydalana olish mumkin.

    "The Google Books" bugunning eng yirik elektron kutubxonasi sifatida e'tirof etilyapti. Bu haqda www.uznayvse.ru sayti ma'lumot bermoqda. "Google" mutaxassislari o'zlarining keng qamrovli loyihasi sifatida taqdim etgan "The Google Books" ning elektron fondini 130 mln.dan ziyod kitoblar tashkil etadi.

    SHuni alohida ta'kidlash joizki, duyondagi jami kitoblarning 20 foizi elektronlashtirilgan bo'lsa, ularning barchasi ushbu elektron kutubxonadan joy olgan. Kitoblar asosan PDF yoki EPUB formatlarida bo'lib, e'tiborli jihati shundaki, ularni 480 tilda o'qish mumkin.

    Kitoblarni "Google magazin"lardan bepul yoki pulli shaklda yuklab olish imkoniyatiga egasiz.

    Munojat Mo'minova