Eng koʻp “ogʻir” mahallalar Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida

    Siyosat 16 Iyun 2025 585

    Mamlakatimizdagi 1 ming 24 ta mahalla “ogʻir” toifada, yana 1 ming 294 tasida jinoyatchilik, 1,5 mingida ajrimlar soni koʻpaygan.

    Hozirgacha 8 ming 481 ta mahallada saylov boʻlib oʻtdi. 3 ming 590 ta mahallaga yangi raislar saylandi, 4 ming 891 nafari joyini saqlab qoldi.

    Mahallalar uyushmasi mahalla raislari va “yettilik”ni yangicha ishlashga oʻrgatishi zarurligi qayd etildi. Umuman, mahalla tizimida ancha masala yigʻilib qolgani, saylov yakunlanganidan keyin ular alohida muhokama qilinishi taʼkidlandi.