Yuqoridagi eksport koʻrsatkichlarga 14,8 million dollarlik keramik plitka va keramika buyumlari, 5,0 million dollarlik alyumin profil va panellar, 17,3 million dollarlik PVX profil, truba va fitinglar, 7,2 million dollarlik keramik gʻishtlar, 1,0 million dollarlik sement, 1,9 million dollarlik gipsokarton, 5,5 million dollarlik gulqogʻoz va boshqa qogʻoz mahsulotlari, 3,3 million dollarlik tabiiy pardozbop toshlar kabi qurilish materiallari eksport qilish hisobiga erishildi.
Eʼtiborli jihati, aksariyat qurilish materiallari boʻyicha tarmoqda yangi quvvatlarni yaratilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda yangi korxonalarni eksportga jalb etilishi hisobiga baʼzi turdagi qurilish materiallari eksportini 2021-yil shu davriga nisbatan bir necha barobarga oshirishga muvaffaq boʻlindi, deb xabar beradi “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
matbuot xizmati.