Eng ko'p va eng kam kitob o'qiladigan davlatlarni bilasizmi?

    Hindistonliklar faqat kino ko'radi, desak adashamiz

    Tadqiqotchilar qaysi davlat aholisi haftasiga necha soat kitob o'qishga vaqt sarflashini o'rganib chiqishdi. Natijalarga ko'ra, eng taraqqiy etgan emas, so'nggi yillarda tezlik bilan rivojlanayotgan davlatlar aholisi ko'proq kitobxon bo'lib chiqdi.

    Hindistonliklar faqat kino ko'radi, desak adashamiz. Ular dunyoda eng ko'p kitob o'qiydigan xalq ekan. Umuman, aholisi eng ko'p kitob o'qiydigan davlatlarning dastlabki 10 taligi quyidagicha:

    1. Hindiston - haftasiga 10,7 soat.
    2. Tailand - haftasiga 9,4 soat.
    3. Xitoy - haftasiga 8 soat.
    4. Filippin - haftasiga 7,6 soat.
    5. Misr - haftasiga 7,5 soat.
    6. Chexiya - haftasiga 7,4 soat.
    7. Rossiya - haftasiga 7,1 soat.
    8. Shvetsiya – haftasiga 6,9 soat.
    9. Frantsiya - haftasiga 6,9 soat.
    10. Vengriya - haftasiga 6,8 soat.

    Kim eng kam o'qiydi?

    Niderlandiya va Janubiy Koreyada kitobxonlik haqidagi savolnomaga “hech qachon o'qimayman” degan javobni 16 foiz respondent bergan.

    Janubiy Koreyada shu javobni erkak va ayollar ham bir xil ko'rsatkichda bergan bo'lishsa, Gollandiyada o'qimaydigan erkaklar ulushi ayollarga nisbatan sezilarli darajada yuqori. O'qimaydigan aholi ulushi eng yuqori bo'lgan mamlakatlar ro'yxatidan keyingi o'rinlarni Bel`giya (14%), Kanada va Yaponiya (har biri 11%) egalladi.

    O'zbekistonda o'tkazilgan so'rovlarda qatnashgan respondentlarning 50% dan ortig'i yiliga 3-5 ta kitob o'qishini bildirgan. Ushbu so'rovnomalar zamonaviy kitob formatlari orasida bosma kitoblar hali ham sevib o'qilayotganini ko'rsatdi. Ishtirokchilarning 77 foizi onlayn kitobxonlikni emas qog'oz kitoblar o'qishni afzal bilgan.

    Dilora Xoliqova