Eng kuchli “iPhone” qurilmalari maʼlum boʻldi

    “iPhone 12 Pro Max” flagmani eng kuchli “Apple” gadjetlari reytingida oltinchi oʻrinni egalladi. 

    2021-yil mart oyida oʻtkazilgan testlar natijalariga koʻra, uchinchi avlodning 12,9 dyuymli “iPad Pro“ ”Apple”ning eng kuchli mobil qurilmalari reytingida birinchi oʻrinni egalladi. “Apple A12X Bionic” protsessori, toʻrt gigabayt operativ va 256 gigabayt ichki xotiraga ega planshet 727 ming ball toʻplagan.

    Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni mos ravishda 717 va 712 ming ball olgan “iPad Pro 4”ning 12,9 va 11 dyuymli versiyalari egallab turibdi.

    Eʼtiborli jihati, eng yuqori besh oʻrinni planshetlar band qildi. Xususan, kuchli beshlikka 11 dyuymli “iPad Pro” va “iPad Air” kirgan.

    Reytingni tuzuvchilar “iPhone 12 Pro Max”ni eng kuchli smartfon sifatida qayd etishgan.