Unga koʻra, fuqarolar yigʻinining har bir yoʻnalishdagi mutaxassislari faoliyati oʻrganiladi va “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida baholanadi.
Reyting natijasida “namunali” deb topilgan fuqarolar yigʻinlari xodimlari va jamoatchilik aʼzolari moddiy ragʻbatlantiriladi.
Reyting baholash Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining shahar boshqarmasi va tuman boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yil yakuni natijalari boʻyicha Toshkent shahridan “namunali” deb topilgan fuqarolar yigʻinlari xodimlari va jamoatchilik asosida faoliyat yuritayotgan shaxslarga yurtimizdagi sanatoriylardan biriga yoʻllanma topshiriladi.