Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:
- “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi;
- 2024–2025-yillarda aholini kambagʻallikdan chiqarishning yoʻnalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlari.
Shuningdek, eng ogʻir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, roʻyxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi 1-noyabrgacha tasdiqlanadi.
2024-yil 1-dekabrgacha tadbirkorlik faoliyati hamda aholining barcha qatlamlariga yashash va dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2024–2025-yillarda tuman va shaharlarni jadal kompleks rivojlantirish, shu jumladan, ularda kamida bittadan mahallada “yashil mahalla” loyihalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi dasturlar tasdiqlanadi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali joriy yil yakunigacha 4 trillion soʻm, 2025-yilda 15 trillion soʻm kreditlar ajratilishi taʼminlanadi.









