“Portu” jamoasi darvozaboni Diogu Koshta, PSJ darvozaboni Janluidji Donnarumma, “Milan” darvozaboni Mike Maygnan va “Real” darvozaboni Tibo Kurtua bugun jahon futbol jamoalarida faoliyat koʻrsatayotgan eng qimmat darvozabonlardir. Transfer markt nashrining yozishicha, ularning barchasining bahosi 45 million yevrodan.
Roʻyxatda ulardan keyingi joylarni bahosi 40 million yevrolik Eron Ramzdeyl (“Arsenal”) va Morayes Ederson (“Manchester Siti”) band etgan. Shuningdek, Grigor Kobel (“Borussiya”), Andre Onana (“Inter”), Yan Oblak (“Atletiko” Madrid) va Beker Alisson (“Liverpul”) ham qimmat oʻnlikka kirgan. Ularning baholari 35 million yevrodan.