Rossiyada Applening eng qimmat smartfoni boʻlgan iPhone 11 Proning narxi rekord darajada tushib ketdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.ru.
Taʼkidlanishicha, sotuvlar boshlanganidan bir yil oʻtgach, 64 gigabaytlik xotiraga ega Apple kompaniyasining eng qimmat smartfonini rekord darajadagi 72 ming rublga sotib olish mumkin. Rasmiy chakana savdo doʻkonlarida smartfonning chegirma narxi taxminan 80 ming rublni tashkil qiladi.
iPhone 11 Pro smartfoni Rossiya doʻkonlarida 2019-yil kuzidan boshlab sotuvga chiqarildi. Oʻsha paytda, asosiy xotira hajmiga ega boʻlgan model uchun tavsiya etilgan narx 90 ming rubl miqdorida belgil