“Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

    Koʻrik-tanlovning respublika bosqichiga 7 nominatsiya boʻyicha 366 nafar ijodkor 1900 dan ziyod ijodiy ish taqdim etgan.

    26-avgust kuni “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” bosh gʻoyasi asosida “Eng ulugʻ, eng aziz” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi tantanali ravishda oʻtkazildi.

    Tadbir Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bosh tashkilotchiligida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

    “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovi tashkiliy qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. X. Salimov tadbirda soʻzga chiqib, tanlov natijalari haqida maʼlumot berdi.

    Bu yilgi tanlovda ijodiy ishlar quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha qabul qilindi:

    X. Salimovning taʼkidlashicha, bu yil “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” bosh gʻoyasi ostida oʻtkazilgan “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovining respublika bosqichiga 7 nominatsiya boʻyicha 366 nafar ijodkor — jurnalistlar, yozuvchi va shoirlar, kino hamda tasviriy sanʼat, foto va dizayn yoʻnalishidagi ijodkorlardan bir ming toʻqqiz yuzdan ziyod ijodiy ish taqdim etilgan.

    Gʻoliblar diplom, esdalik sovgʻalari va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

    Tadbirda sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.