Milliy gvardiya Ma'naviyat va ma'rifat markazida tizimdagi harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ishchi xizmatchilar o'rtasida “Eng yaxshi harbiy qo'shiq ijrochisi” tanlovining respublika bosqichi o'tkazildi
Mazkur tanlov harbiy-vatanparvarlik, ona Vatanga muhabbat va sadoqat, intellektual va ijodiy salohiyatni yanada rivojlantirish maqsadida harbiy xizmatchilar, xodimlar va ishchi xizmatchilar o'rtasida o'tkazildi.
Hududiy bosqichlarda g'olib bo'lgan 14 nafar ishtirokchi respublika bosqichiga etib kelishdi.
Tadbir so'ngida g'olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib ravishda rag'batlantirildi.
Gulichehra Durdieva,
"Yangi O'zbekiston" muxbiri