Eng yaxshi maqola muallifi taqdirlandi

    An'anaga muvofiq, “Guliston” jurnali 2020 yilda e'lon qilingan eng yaxshi maqola, hikoya, esse, she'rlar, fotolar tanlovini o'tkazdi.

    O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari – erkin A'zamning “Qahratonda gul ko'tarib” hikoyasi (4-son), Usmon Azimning “Bahodir Yo'ldosh” essesi (5-son), marhum Sa'dulla Hakimning “Sendan senga tomon ketayotirman” nomli turkum she'rlari (4-soni), Bekqul egamqulovning “Kurash olimpiada o'yinlariga kirishiga ishonaman” (1-son), “Dunyoni zabt etdi o'zbek boksi” (3-son), “Manas Leviev” maqolalari (4-son), Ahmad To'raning “Dilnoza Kubaeva”, “Mahmud Tojiboev” (1-son), “Adiblar xiyobonida o'zbek tili bayrami”, “Dilorom Karimova” (5-son) nomli suratlari g'olib deb topildi.

    G'oliblarni, xususan, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist, ajoyib inson, ustozimiz Bekqul egamqulovni “Yangi O'zbekiston” tahririyati jamoasi nomidan tabriklaymiz, ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.