Eng yaxshi murabbiy kim bo'ladi?

    FIFA da'vogar ro'yxatini e'lon qildi.

    FIFA 2023 yilning eng yaxshi murabbiyiga atalgan The Best sovrini uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxat murabbiylarning 2022 yilning 19 dekabridan 2023 yilning 20 avgustiga qadar erishgan natijalari asosida shakllantirilgan. JCH-2022dagi natijalar hisobga olinmagan.

    Sovrin uchun Pep Gvardiola (“Manchester Siti”), Simone Indzagi (“Inter”), endj Postekoglu (“Seltik”/“Tottenhem”), Luchano Spalletti (“Napoli”) va Xavi (“Barselona”) da'vogarlik qilmoqda.