"AloqaTech Lab” – uch oylik korporativ akselerator boʻlib, u mutaxassislar koʻmagi hamda loyihalarni ishga tushirish uchun texnik, moliyaviy va marketing yordamini oʻz ichiga oladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Startap gʻoyaga ega boshlangʻich hamda biznes-model va MVPʼsi rivojlangan tajribali jamoalar, quyidagi yoʻnalishlarda: fintex, e-commerce, bulutli texnologiyalar va sunʼiy intellekt.

Bundan tashqari, virtual ishtirok etish formati ham mavjud.

Loyiha yakunlangach, eng yaxshi startaplar 50 ming dollargacha investitsiyalarni jalb qilishlari mumkin.