Oʼtgan hafta soʼnggida poytaxtimizda birdagina ikkita tarixiy sport voqealari boʼlib oʼtdi. 

Birinchidan, Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qoʼmitasining yigʼilishi, ikkinchidan, Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasining 30 yilligini nishonlash.

Sport arboblarining shahzodalar tomonidan taqdirlanishlari tez uchrab turadigan hodisa emas, ammo bu safar aynan shunday boʼldi.

Rishod Sobirovga mukofotni Saudiya shahzodasi Аbdulaziz bin Turki al-Faysal topshirgan boʼlsa, Qatarlik Аbdulrahmon Tani Аl Kuvari Аrmen Bagʼdasarovning xizmatlarini alohida belgiladi.

Hammasi oddiy: ularning ikkalasi ham OOK vitse-prezidentlaridir. Darvoqe, Saudiya Аrabistonining yana bir shahzodasi Fahad bin Jalaviy bin Аbdulaziz Аl Saud OOKda Taʼlim qoʼmitasi rahbari lavozimida faoliyat yuritadi va shu haftada u ham Toshkentga tashrif buyurdi.

OOKning boshqa aʼzolari qatori ular uchun ham ish safarlarining asosiy taassurotlardan biri Toshkentning 2025-yilda boʼlib oʼtadigan yoshlar oʼrtasidagi Osiyo oʼyinlariga tayyorlash boʼyicha keng koʼlamli loyihasi boʼldi.