Oqibatda u yerga zarar yetdi, favqulodda xizmatlar uni bartaraf etish ustida ishlamoqda, deb xabar berdi gubernator Roman Busargin o'zining Telegram-kanalida.
“Men Engelsdagi korxonada tezkor yig'ilish o'tkazdim, u uchuvchisiz uchoq hujumi oqibatida zarar ko'rdi. Jabrlanganlar yo'q. Favqulodda xizmatlar voqea joyida ochiq olovni o'chirish ishlarini olib bormoqda”, deb yozadi Busargin.
Avvalroq gubernator hududda uchuvchisiz uchoq hujumi xavfi borligi haqida xabar bergan edi, hududdagi favqulodda xizmatlar to'liq shay holatga keltirildi. Uning so'zlariga ko'ra, yirik uchuvchisiz uchoq hujumi oqibatida Saratov va Engels shahrida ikkita sanoat korxonasiga zarar yetgan, havo hujumidan mudofaa tizimlari yordamida ko'plab nishonlar yo'q qilingan. Viloyat rahbarining qayd etishicha, hech kim jabrlanmagan. Saratov va Engels maktablarida darslar masofaviy o'qitish formatiga o'tkazildi, deb xabar beradi ria.ru.