Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar - iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194,0 million AQSH dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Yengil avtomobil eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 123,0 million AQSH dollariga  oshgan.

Oʻzbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:

Qozogʻiston – 181,9 million;

Afgʻoniston – 5,7 million;

Ukraina – 2,3 million;

Rossiya – 1,9 million;

Qirgʻiz R. – 1,0 million;

Ozarbayjon – 484,1 ming;

Tojikiston – 480,1 ming AQSH dollari.