Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar - may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 134,9 million AQSH dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.
Yengil avtomobil eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 84,6 million AQSH dollariga oshgan.
Oʻzbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:
Qozogʻiston – 127,1 million;
Afgʻoniston – 2,7 million;
Ukraina – 2,3 million;
Qirgʻiz R. – 1,0 million;
Rossiya – 955,9 ming;
Ozarbayjon – 444,7 ming;
Tojikiston – 339,1 ming AQSH dollari.
2021-yilning may oyida xorijiy davlatlarga qiymati 22,5 million AQSH dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.