Tadbirda fuqaro U.S. boshqa bir fuqaro Ch.ning oʻgʻli giyohvandlik moddalari savdosi bilan shugʻullanganligi yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi boʻyicha ozodlikdan mahrum qilish jazosini yengilroq jazoga oʻzgartirishda tanishlari yordamida ijobiy hal qilib berishni 12 000 AQSH dollariga kelishib, shundan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.