Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, fuqarolar K.N hamda S.R maxsus vositalarni testga olib kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.
Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.
Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻlishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi maʼlumotida.