Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Q.Sh. Buxoro tuman hokimligi zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini fuqaro S.O.ga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib 11 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Nukus shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar N.J. va B.I. “Qurilisshi” MFY hududidan 2 sotix yer maydonini fuqaro Sh.S.ga kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida rasmiylashtirib olib berishlari evaziga 88 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.