Qonunga koʻra, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan oʻz huquqlari va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadlari oʻzgartirilmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn-auksionlar joriy etilishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishda ijaraga oluvchi tomonidan Davlat byudjetiga mablagʻlar toʻlanishi nazarda tutilmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.