Koinotda xavf tug'diradigan astroid va metioritlar juda ko'plab topiladi. Lekin ularning aniq bir planeta bilan to'qnashuvi kamdan kam holatda ro'y beradi. Bu  zaminimizga kelib urilishi mumkin bo'lgan kosmik jismlardan himoyalanish choralarini oldindan  ko'rish kerak  emas, degan  fikrni anglatmaydi. Binobarin, o'tmishda astroid va metioritlarning Erga  urilishi  oqibatida jonli mavjudot olamiga qiron keltirgan  holatlar ro'y bergan. Dinozavrlar ana shunday fojea sabab qirilib ketgan, deb hisoblanadi.

Ayni chog'da dunyoning  ko'plab olimlari Erga o'ta tahdid soluvchi kosmik jismlarning harakat doirasini kuzatib borishadi. YAqinda ma'lum bo'ldiki, 22 may kuni zaminimiz orbitasiga 136795 1997 BQ  nomi bilan yuritiluvchi xavfli ob'ekt yaqinlashib kelmoqda.  Uning o'lchami 1,49 kilometr atrofila bo'lib, planetamizga eng yaqin masofasi 6 million kilometrni tashkil etadi.

Mazkur ob'ekt 1997 yil 16 yanvar` kuni kashf etilgan, o'tkazilgan bir qator tadqiqotlar natijasida uning  Apollonlar guruhiga mansubligi aniqlangan. Kosmik “tosh”ning bu galgi Erga yaqinlashuvi muayyan xavfni keltirib chiqarishi mumkin.

NASA xodimlari ko'plab koinot jismlarini o'rganib boradi. O'lchami 140 metrdan oshadigan, Erga 7,5 million kilometr masofaga qadar yaqinlashib keladigan astroid va metioritlar eng xavfli kosmik jismlar turkumiga kiradi. 

                                                                                                         Rauf  Nurullaev