Taʼkidlanishicha, Toshkent metropolitenida mavjud boʻlgan 59 ta metro poyezdlarini 44 tasi 21-40 yil mobaynida foydalanib kelinmoqda. Shuning uchun yil oxirigacha Toshkent metropoliteni infratuzilmasiga mos boʻlgan 5 ta, 2022-yilda 14 ta toʻrt vagonli metro poyezdlarini xarid qilinishi natijasida poyezdlarning umumiy soni 80 taga yetkazilib, metro poyezdlarining oʻrtacha yoshi 38 yoshdan 26 yoshga qisqartiriladi.

Qarorni 1, 3-ilovasidagi 32 xil turdagi ehtiyot qismlar va uskunalarni olinishi (keyingi 25 yil ichida xarid qilinmagan) eskirgan 44 ta metro vagonlarini qayta taʼmirlab, ularni kunlik ishlash soatini uzaytiradi. Shu bilan birga yoʻllarda texnik sabab bilan turib qolish holatlari keskin kamayadi. Eng muhimi harakat xavfsizligi taʼminlanadi.

1993-yilda Chilonzor yoʻnalishida 3 minutli interval bilan ishlangan edi. 2021-yil 1-sentyabrdan Chilonzor yoʻnalishi 3 minut va Oʻzbekiston yoʻnalishi boʻyicha birinchi marta 4 minutda ishlash tashkil qilinishi evaziga yoʻlovchilarni manzilga yetkazish vaqti 30 foizga qisqartirildi. Yoʻlovchilarni manzilga yetib borish shahar usti transportiga solishtirilganda 2-3-marta tezroq yetib borishini koʻrsatmoqda. Buning natijasida yoʻlovchilarni tashish hajmi 2-martaga ortib, kunlik yoʻlovchilarning soni 480-500 ming nafarni tashkil etib, shahar koʻchalarida tirbandlikni kamaytiradi.

Zamonaviy reklama vositalari (elektron displey) oʻrnatilishi hisobiga reklamalar soni 3-4 barobarga oshiriladi. Qarorga asosan yer osti va yer usti metro bekatlarida savdo va xizmat koʻrsatish maydonchalari tashkil etiladi va tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.

Qarorga asosan Toshkent metropolitenini uzoq muddatli 2022-2030-yillarga moʻljallangan tizimli rivojlantirish imkoniyati paydo boʻlib, metropolitenning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, metro vagonlarini ishlab chiqarilishi, metro liniyalarini yangicha loyihalash va qurishda yangicha yondashuv natijasida sarf-harajatlarni 20-30 foizga kamaytirishga erishiladi.

Qayd etilgan qaror ijrosini taʼminlash boʻyicha metropoliten boshqarmasida 3 ta yoʻnalishda Ishchi guruhlar tashkil etiladi.

Birinchi guruh – metropoliten bosh muhandisi rahbarligida “Metro vagonlarini tizimdagi “Vagonlarni taʼmirlash va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish” deposida kapital taʼmirlashni yoʻlga qoʻyish, eskalator, elektr taʼminoti, tonnel va yoʻl xoʻjaliklari, shuningdek, harakat tarkibini bosqichma-bosqich yangilash masalalari” boʻyicha;

Ikkinchi guruh – metropoliten boshligʻining oʻrinbosari rahbarligida “Harakat xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish, yosh malakali kadrlarni jalb etish, mashinistlarni tayyorlash, yangicha oylik toʻlov tizimini joriy qilish, zamonaviy boshqaruv tizimini yaratish masalalari” boʻyicha;

Uchinchi guruh – metropoliten boshligʻining oʻrinbosari rahbarligida “Yoʻlovchilar oqimini oʻrganish, reklama joylashtirishda yangi tartibni joriy qilish, moliyaviy-iqtisodiy rivojlanish masalalari, zamonaviy axborot texnologiyalarini yoʻllagan holda raqamli boshqarish tizimini joriy qilish, bekatlarda bepul WI-FI tizimini joriy etish masalalari” boʻyicha.

Ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha belgilangan muddatlarda masalalarni muhokama qilib, hisobotlarni eshitib borish yoʻlga qoʻyiladi.