Yer qisqa vaqt davomida ikkinchi “Oyga” ega bo'ladi

    O'lchami shahar avtobusidek keladigan asteroid Yerning tortishish kuchi ta'sirida ikki oy davomida sayyoramiz atrofida aylanadi.

    Shu bois kuzda Yer qisqa vaqt ichida ikkinchi “Oy”ga ega bo'ladi, deb xabar beradi The Guardian.

    Tadqiqotga ko'ra, o'lchami taxminan shahar avtobusiga teng bo'lgan asteroid Yerning tortishish kuchi ta'sirida 29-sentabrdan 25-noyabrgacha sayyoramizni aylanib, “mini-Oy”ga aylanadi. Keyin u Quyosh atrofida aylanadigan asteroid kamariga qaytadi.

    Ba'zi asteroidlar Arjuna kamaridan Yerga taxminan 4,5 million kilometr masofada yaqinlasha oladi. Taxminan soatiga 3540 kilometr tezlikda Yerning tortishish kuchi ularning harakatiga sezilarli darajada ta'sir qiladi, bu esa asteroidning bizning orbitaga vaqtincha qo'nishi va sayyoramizning sun'iy yo'ldoshiga aylanishiga olib kelishi mumkin.

    Biroq, “mini-sun'iy yo'ldosh”ni faqat professional teleskop egalari kuzatishi mumkin. Oddiy asboblar va durbinlar vositasida uni ko'rishning imkoni yo'q, deb xabar beradi informburo.kz.