Tadbirda fuqaro H.R. fuqaro R.ga Shofirkon tumani, “Tezguzar” MFY hududida tomorqa xoʻjaligi uchun ajratilgan 16 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro N.ga tanishlari orqali uy-joy qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.J. boshqa bir fuqaro J.ning ishonchiga kirib, unga Buxoro shahri, “Alpomish” koʻchasida joylashgan 10 sotix boʻsh yer maydonini uy-joy qurish uchun uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 35 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.