Yer talon-toroj qilinishi bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi

    Xavfsizlik 11 May 2022 1330

    Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan yer uchastkalarini talon-toroj qilinishi bilan bogʻliq holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazildi.

    Aniqlanishicha, “A.I.” MCHJ rahbari R.F. tomonidan Angor tumani, “Mustaqillik 10 yilligi” massivi hududidagi “Said Nosirxon” fermer xoʻjaligi balansidagi 224-konturdagi 60,8 ball bonitetli sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yer maydonida 4 gektar yer maydoni oʻrniga, amalda 7,10 gektar yer maydonidan foydalanib kelib, 3,10 gektar sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yer maydonida oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirib, 3,10 gektar yer maydonini qishloq xoʻjalik foydalanishidan chiqishiga sabab boʻlib, davlat va jamiyat manfaatlariga 3 mlrd. 183 mln soʻm zarar yetkazilgan.

    Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.