Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning “Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 2017-yil 19-mayda qabul qilingan PQ-2979-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Tasdiqlangan TIAga asosan loyihaning umumiy qiymati 354,36 million dollarni tashkil etadi, shu jumladan:

- Davlat byudjeti mablagʻlari - 208,398 million dollar;

- Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti - 108, 390 million dollar;

- Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki krediti - 500 million dollar;

- davlat ulushi - 37, 076 million dollar.

Loyihani amalga oshirish uchun kapital qoʻyilmalar qiymati 317,288 million dollarni tashkil etadi, ular mashina va uskunalar hamda qurilish-montaj ishlarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi.

XXRning Eksimbanki krediti 20 yil muddatga besh yillik imtiyozli davr bilan taqdim etilgan. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti 15 yil muddatga toʻrt yillik imtiyozli davr bilan taqdim etilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 27.11.2021-yildan kuchga kirdi, deb xabar beradi «Norma»