Arktikada – 13,64 million kvadrat kilometr, Antarktida – 2,12 million kilometr.
Tadqiqot muz yuzasi chiqaradigan mikroto'lqinlarni qayd qiluvchi sun'iy yo'ldosh datchiklari ma'lumotlariga asoslandi. 2025-yildagi ko'rsatkichlar 2023-yil yanvar-fevral oylarida o'rnatilgan antirekordni yangiladi – o'shanda ko'rsatkich 15,93 million kvadratga yetgandi. Olimlarning fikricha, muz maydonining qisqarishi havo va suvning isishi bilan bog'liq.
Copernicus iqlim o'zgarishi xizmati olimlari 2024-yilni tarixdagi eng issiq yil deb e'lon qildi. 2025-yil yanvari ham kuzatuvlar tarixidagi eng issig'i bo'ldi – o'rtacha global harorat 13,23 darajaga yetdi, deb xabar beradi mir24.tv.
Dengiz muzi sayyoramiz iqlimi uchun muhim ahamiyatga ega, chunki u quyosh nurini koinotga qaytaradi. Pingvinlar, tyulenlar va oq ayiqlari kabi qutb jonivorlari uchun ham zarurdir. Muzning yetishmasligi dengiz sutemizuvchilarida stressni keltirib chiqaradi, bu ularning hayotiy funksiyalari va ko'payish qobiliyatiga salbiy ta'sir qiladi, deb xabar beradi AQSh Milliy qor va muz ma'lumotlari markazi (NSIDC).









