Avstraliyalik mutaxassislar 2100-yilga kelib, sayyoramiz materik qismining ayrim hududlarini butunlay suv bosadi, deb hisoblashmoqda. Avstraliyalik olimlar Yer yuzida suv halokati yuz beradigan sanani maʼlum qilishdi.

“Utro.ru” olimlarning taxminlariga koʻra, 287 million odam zarar koʻrishi mumkinligini maʼlum qilmoqda.

Buning sababi global isish boʻlib, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Yevropa, Hindiston va XXR sohillarida ulkan toshqinlarni keltirib chiqaradi. Buning natijasida Jahon yalpi ichki mahsulotining 20 foizi tahdid ostida qolishi mumkin.