Yerda G3 sinfidagi kuchli magnit bo'roni boshlandi. Bunga Yerga yaqin fazoda quyosh shamoli tezligining keskin oshishi sabab bo'ldi, deb xabar berdi “Fobos” ob-havo markazining etakchi mutaxassisi Mixail Leus o'zining Telegram-kanalida.
“Tunning ikkinchi yarmida, Yerga yaqin fazoda, quyosh shamoli tezligining keskin o'sishi kuzatildi, soniyasiga 650 kilometrdan yuqori va uning harorati ba'zan 1 million darajadan oshdi. Sayyoramizning geomagnit maydoni bunga javob qaytarib, G3 sinfidagi kuchli magnit bo'roni boshlandi. Hodisa Moskva vaqti bilan soat 5 da qayd etilgan, deb yozdi u.
Sinoptikning so'zlariga ko'ra, bo'ron qisqa muddatli bo'lishi mumkin va tez orada to'xtaydi, ammo geomagnit maydondagi buzilishlar kun oxirigacha va juma kunigacha davom etadi.
Ta'kidlanishicha, global prognoz markazlari kun davomida faqat kuchsiz buzilishlarni kutishgan va ularning bashoratlarida magnit bo'ronlari ehtimoli 51 foizdan oshmagan, deb xabar beradi tass.ru.









