Yerda havo harorati Selsiy bo'yicha 1,7 darajaga ko'tarilgan – tadqiqot

    Avstraliyalik va amerikalik okeanologlar qadimgi dengiz gubkalarini o'rganish natijasida 1860-yillarning o'rtalaridan boshlab Yerdagi o'rtacha harorat Selsiy bo'yicha taxminan 1,7 darajaga ko'tarilgani aniqlashdi.

    Bu BMT ekspertlarining hozirgi hisob-kitoblaridan sezilarli darajada yuqoridir.

    Professor Makkallok va boshqa olimlar Karib dengizi tubidagi sayoz hududlarda uchraydigan Ceratoporella nicholsoni turiga mansub uzoq umr ko'radigan gubkalarning qobiqlarini o'rganish chog'ida ana shunday xulosaga kelishdi.

    Ushbu g'oyaga asoslanib, olimlar Puerto-Riko va Santa-Krus orollari qirg'oqlarida qadimiy va nisbatan zamonaviy gubkalar namunalarini to'plashdi, ularning yoshini aniqlashdi. Bu Karib dengizidagi harorat 1700-yildan 2020-yilgacha qanday o'zgarganini o'rganish, shuningdek, xuddi shu vaqt ichida Yerdagi o'rtacha haroratni aniqlash imkonini berdi, deb xabar beradi tass.ru.