Yerda kuchli magnit bo'roni boshlandi

    Olimlar dushanba kuni Yer magnit maydonidagi buzilishni qayd etishdi.

    Bu haqda Amaliy geofizika instituti xabar berdi.

    Yer magnit maydonidagi buzilish darajasi allaqachon G3 darajasiga yetdi, bu besh ko'rsatkichli monitoring shkalasida “kuchli” degan ma'noni anglatadi. G5 “juda kuchli” va G1 “zaif” darajadagi magnit bo'ronlari sanaladi.

    G3 darajadagi magnit bo'ronlari Yerdagi energiya tizimlari bilan bog'liq, jumladan, xavfsizlik tizimlarida noto'g'ri signallar va moy transformatorlarining qaynashi bilan bog'liq muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Sun'iy yo'ldosh va past chastotali radionavigatsiyadagi va yuqori chastotali radioaloqadagi uzilishlar ham yuz berishi mumkin. O'rta kengliklarda qutb yog'dusini kuzatish mumkin, deb xabar beradi tass.ru.