Yerda kuchli magnit bo‘roni boshlandi

    Kuchsiz bo‘ronlar energiya tizimlarining ishlashida kichik uzilishlarni keltirib chiqarishi, qushlar va hayvonlarning ko‘chib o‘tish yo‘llariga ta'sir qilishi mumkin.

    Olimlar dunyodagi eng kuchli magnit bo‘ronlari haqida ogohlantirishmoqda. Ta'kidlanishicha, 20 dan 29 oktyabrgacha davom etadigan magnit bo‘ronining cho‘qqisi 25 oktyabrda kutilmoqda.

    “Aniq.uz”ning yozishicha, kuchsiz bo‘ronlar energiya tizimlarining ishlashida kichik uzilishlarni keltirib chiqarishi, shuningdek, qushlar va hayvonlarning ko‘chib o‘tish yo‘llariga ta'sir qilishi mumkin.

    Kuchli bo‘ronlar esa qisqa to‘lqinli aloqa va navigatsiya tizimlarining ishlamay qolishiga, shuningdek, sanoat tarmoqlarida elektr energiyasining uzilishiga olib keladi.