Xabarda taʼkidlanishicha, Moskva vaqti bilan soat 03:00 atrofida zaif darajadagi boʻron qayd etilgan, soat 06:00 dan 09:00 gacha u oʻrtacha darajaga koʻtarilgan, shundan keyin boʻron bosila boshlagan va magnitosfera buzilgan. Mutaxassislarning taxminiga koʻra u 15 soat davom etadi.
Bunday holatlarda Yerga yetib borgan quyosh plazmasining buluti kosmik yoʻldoshlarga radiatsion yukni oshiradi, sayyora yuzasi yaqinidagi magnit maydonining oʻzgarishiga taʼsir qiladi va osmonda 60-70 gradus kengliklarda koʻrish mumkin boʻlgan yorugʻlik-nurni keltirib chiqaradi.
Laboratoriya maʼlumotlariga koʻra, 9-oktyabr kuni Moskva vaqti bilan 09:19 da Quyoshda portlash sodir boʻlgan. Uch kundan soʻng uning taʼsiri Yerga yetib bordi.