Yerda magnit bo'roni to'rt kun davom etishi mumkin

    2 va 3-oktabrda Quyoshda sodir bo'lgan ikkita X-sinf chaqnashdan keyin magnit bo'ronining davomiyligi to'rt kungacha bo'lishi mumkin.

    Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Koinot plazma fizikasi bo'limi quyosh astronomiyasi va geliofizik asboblari laboratoriyasi mudiri Sergey Bogachyev ma'lum qildi.

    Payshanba kuni Quyosh faolligining joriy tsiklida eng kuchli X9.0 chaqnashi sodir bo'ldi, deb xabar beradi tass.ru.

    Mutaxassisning ta'kidlashicha, plazma shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi Yerga yetib borishi taxmin qilinmoqda.